Farg‘ona viloyatida ayni paytda 15 mingdan ortiq kuzatuv kameralari ishlab turibdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.
Viloyatda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatlarni tezkorlik bilan fosh etish maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining 9 853 tasiga, ta’lim muassasalarining 1 740 tasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining 288 tasiga, shuningdek, 3 217 ta ko‘p qavatli uy-joylarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.
Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Hozirda sodir etilgan 15–17 foiz jinoyatlar, 30 foizgacha huquqbuzarliklar aynan videotasvirlar yordamida aniqlangan.
Izoh (0)