Namangan viloyatining Uychi tumanida 4 ta sektor egasiz qoldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Sektor rahbarlari — tuman hokimi Abdug‘ani Turdiyev, tuman prokurori Baxtiyor Abdurahimov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ravshan Yusubjonov va tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Rasuljon Otaxonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
“To‘rtlik” xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi, agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, xususan, g‘o‘za parvarishining borishini yetarlicha nazorat qilmaganligi bildirilmoqda.
Hozirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Sattorov Uychi hokimi vazifasini vaqtincha bajarib turibdi.
Izoh (0)