Chexiyaning janubi-sharqida joylashgan Yiglava shahrida noodatiy hodisa ro‘y berdi. Yiglavalik erkak uyidagi garaj tomiga 30 yillik haqiqiy tramvayni o‘rnatdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazni 16 tonnga teng bo‘lgan 30 yillik tramvay garaj tomiga o‘rnatilgan maxsus rels ustiga qo‘yilgan.
Erkak tramvaydan avtomobil klub uchun zal sifatida foydalanmoqchi. Uning rafiqasi esa bu yerda kafe bo‘lishi lozim deb hisoblamoqda ekan.
Izoh (0)