Zimbabvening amaldagi yetakchisi Emmerson Mnangagva navbatdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Mnangagva saylovlarda “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvar front” partiyasidan ishtirok etgan. Unga 2,46 million kishi, ya’ni saylovda qatnashganlarning 50,8 foizi ovoz bergan.
Mnangagvaning asosiy raqibi “Demokratik o‘zgarishlar harakati” muxolifat partiyasidan nomzodi qo‘yilgan Nelson Chamiza 2,15 million ovoz to‘plagan. Unga saylovlarda qatnashganlarning 47,3 foizi ovoz bergan.
Avvalroq, Zimbabveda prezidentlik va parlament saylovlari natijalarini kutish jarayonida muxolifat tarafdorlari va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqqani va 3 kishining halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)