Rossiyaning Tula viloyati Novomoskovsk shahri politsiyasi xodimlari 6-raqamli koloniyaga giyohvand moddalarni olib kelishi kerak bo‘lgan mushukni to‘xtatib qoldi, deb xabar beradi TJournal.
Avval mazkur mushuk koloniya hududida yashagan, keyinroq esa ozod etilgan mahbuslardan biri uni o‘zi bilan birga olib ketgan.
Mushuk uchun giyohvand moddalarni tashishga mo‘ljallangan maxsus bo‘yinbog‘ tayyorlashadi. Politsiya bo‘yinbog‘dan 5, 79 gramm gashish hamda 1,56 gramm amfetamin giyohvand moddalarini topgan.
Mushuk qo‘lga olinganidan so‘ng 32 yoshli erkak hamda 22 yoshli qiz ham qo‘lga olingan. Ular nisbatan hozirda jinoiy ish ochilgan.
Izoh (0)