O‘zbekistonda rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlovchi Rossiya OTMlari filiallarini ochish rejalashtirilmoqda, deb yozadi Sputnik muhokama uchun e’lon qilingan Prezident qarori loyihasiga tayanib.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror orqali mamlakatda 2018—2021-yillarda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda rus tili va adabitoyi sohasidagi pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlash uchun Rossiya OTMlari filiallarini ochish haqidagi taklif hukumatga shu yilning noyabrida kiritiladi.
Tegishli vazirlik va idoralarga oktabrgacha respublikaning har bir viloyatida A.S. Pushkin nomidagi mahalliy rus tili instituti filiallarini ochish masalasini ishlab chiqish yuklatildi.
Hujjat 14-avgustgacha muhokama qilinadi.
Izoh (0)