Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskva oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtiga qarashli “Noginsk” poligonida “ArMI—2018” Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tayotgan “Yo‘l patruli” musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va bellashuvga start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ta’kidlash kerakki, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar Xalqaro armiya o‘yinlarining mazkur yo‘nalishida ikkinchi bor ishtirok etmoqda. O‘tgan yilda ular 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad harbiy politsiya yo‘nalishida harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, xizmatchilarning professional tayyorgarlik darajasini oshirish va harbiy avtotransport vositalaridan foydalangan holda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi boshlig‘i podpolkovnik Bahodir Annayev mazkur tanlovda guruh rahbari sifatida ishtirok etmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tanlovning ochilish marosimi yakunida tomoshabinlar e’tiboriga harbiy avtomobillar inspeksiyasi guruhi tomonidan “avtomobil valsi” hamda “gumanitar kolonnaga hujum qilgan terrorchilar xavfini bartaraf etish” nomli ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Mutaxassislar bellashuvi” va “Harbiy-texnik estafeta” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqa 5-avgustga qadar davom etadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi