Hayvon o‘rgatuvchi namoyish vaqtida timsohning og‘ziga qo‘lini solgan, timsoh esa uni tishlamoqchi bo‘lgan. Daily Mail voqea aks etgan videoni taqdim qildi.
Voqea Tailandning Chiangray shahridagi hayvonot bog‘ida yuz bergan. Hayvon o‘rgatuvchi — 45 yoshli Tao 100 ga yaqin odam uchun tomosha tashkil qilgan.
Tomosha vaqtida Tao qo‘lini yelka qismigacha timsohning og‘ziga solgan, biroq kutilmaganda timsoh Taoning qo‘lini tishlamoqchi bo‘lgan.
Hayvon o‘rgatuvchi qo‘lini timsohning og‘zidan sug‘urib olishga muvaffaq bo‘lgan, biroq videoda Taoning qo‘li qonagani va jiddiy jarohat olgani aks etgan.
Videoni hayvonot bog‘iga tashrif buyurganlardan biri tasvirga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, hayvon o‘rgatuvchining ahvoli og‘ir emas va u yaqin orada ishga qaytishga va’da bergan.
Izoh (0)