Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 1-avgust kuni Toshkentda Falastin tashqi ishlar va ekspatriantlar vaziri Riad al-Malkiy bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Turli darajadagi muntazam O‘zbekiston—Falastin muloqotining davomi sifatida vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va mustahkamlash istiqbollarini batafsil muhokama qildi.

Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, ikki tomon ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishdan birdek manfaatdor va bu uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni izlab topishga tayyor.

O‘zbekiston tomonining Falastin xalqi bilan uning o‘z suveren davlatini tashkil etishga intilishlari borasida birdamligi va Falastinning Yaqin Sharqdagi mojarolarni tinchlik muzokaralari o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi muzokaralar davomida e’tirof etildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari kun tartibining boshqa dolzarb masalalarini ham ko‘rib chiqdi.

Uchrashuvda Falastin elchisi Muhammad Tarshahani ishtirok etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda