Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazmda fuqaroning vafotidan 9 yil o‘tib uning o‘limi haqidagi hujjat yaqinlariga topshirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Foto: Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

R.R. Xorazm viloyati Xonqa tumanida doimiy yashab kelgan. 2009-yili Rossiyaning Astraxan viloyati Narimanovskiy tumanida vafot etgan. Biroq Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham o‘lim holati hujjatlarga qayd qilinmagan.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Foto: Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Minsk konvensiyasiga asosan, Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Rossiyadan R.R.ning o‘limi qayd etilmagani haqidagi ma’lumotnomani oldi.

Natijada 2018-yil 27-iyul kuni R.R.ning o‘limi qayd etildi va tegishli hujjatlar Davlat xizmatlari agentligi Xonqa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan marhumning turmush o‘rtog‘iga topshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi
Mahalliy
Prezident viloyat hokimlari va elchilarga eksportni 2,5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi
Qozog‘iston
Qozog‘iston Rossiyaga reeksportni tekshirishni kuchaytiradi