Toshkent mezbonligida o‘tgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyalari — CAFA U15 chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
So‘nggi turda Eron terma jamoasi Tojikiston terma jamoasi darvozasi 3 ta javobsiz gol kiritib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, O‘zbekiston U15 esa Afg‘oniston bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi. Qirg‘iziston terma jamoasi esa Turkmanistonni 4:0 hisobida taslim qildi.
5 tur yakuniga ko‘ra barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan Eron U15 terma jamoasi turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U15 terma jamoasi qo‘lga kiritdi. Bronza medallar Tojikiston terma jamoasiga nasib qildi.
“Milliy” stadionda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Izoh (0)