• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda chaqaloqlar o‘limiga qachon barham beriladi?

    2018-yilning 24-iyul kuni Samarqand shahridagi 4-tug‘uriq majmuasida urgutlik Saodat Xayrullayeva ikkinchi farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda vafot etdi, deya “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

    Saodat Xayrullayeva.

    Saodat Xayrullayeva.
    Foto: “Daryo”

    — 23-iyul kuni qizimning dardi boshlandi, — deydi Nurjahon Sodiqova. — Kech soat 23:00 atrofida Samarqand shahridagi tug‘uriqxonaga olib bordik. U yerda Bo‘riyev degan shifokor qizimni qabul qildi. Shu vaqtda qizimning qaynonasi birinchi farzandini qiyin tug‘ganligini aytib, e’tiborli bo‘lishni, iloji bo‘lsa “Kesarcha kesish” (“Kesarevo secheniye”) yo‘li bilan tug‘dirib olishni so‘ragan. Qizimni tekshiruvdan o‘tkazgan shifokor uning ahvoli yaxshi ekani, o‘z kuchi bilan tug‘ishini aytdi. Chaqaloq qorinning yuqori qismida joylashgani uchun shifokor qizimga ko‘proq yurishni buyurdi. Qizim tungi 23:30 atrofidan to sahar 04:00 gacha uchinchi qavatda yurib chiqdi. Oradan ozgina vaqt o‘tganidan so‘ng, qizimni qabul qilgan shifokor Bo‘riyev boshqa shifokordan maslahat so‘radi. Ikkinchi shifokor (Nurjahon Sodiqova shifokorning ismini Naim deb aytdi) qizimga chap tomonga yonboshlab yotishini aytgan. U tonggi soat 05:00 ga qadar chap tomonga yonboshlab yotgan. So‘ng shifokor Bo‘riyev bola pastga tushganini, tug‘dirib olishini aytgan. Qizim tug‘ishda qiynaldi. Shu bois ham o‘zi shifokorlardan operatsiya qilishni so‘radi. Qaynonasi ham operatsiya qilishni iltimos qildi. Shifokorlarning unisi keldi, bunisi keldi, ammo birortasi yordam ko‘rsata olmadi. Oxiri, o‘zim shifokorlarga qo‘lidan kelgan barcha imkoniyatlardan foydalanib qizimga qarashlarini, so‘ragan pullarini berishimni aytdim. To‘g‘risi, bu vaqtda qizimning o‘lishi xayolimda ham yo‘q edi. Men bolani asrab qolish ilinjida shu gaplarni aytdim. Shifokorlarga iltimos qilib, operatsiya yo‘li bilan bolani olishni so‘radim. Keyin Naim ismli shifokor kelib: “Opa, qancha berishga kuchingiz yetadi?” — deb so‘radi. “Aytganingni beraman”, — dedim. U kishi 200 dollar so‘radi. Hozir yonimda 150 ming so‘m pul borligini, hozircha shuni olib turishini, qolganini molimni sotib olib kelib berishimni aytdim. Bu gapni eshitgan shifokor indamasdan ketdi.

    Nurjahon Sodiqovaning aytishicha, shifokorlar tug‘uriqqa kelgan Saodat Xayrullayevaga “Tug‘asan, seni o‘rningga men tug‘amanmi? Birinchisini tug‘gansan, buni ham tug‘asan”, — deya baqirgan.

    Foto: “Daryo”

    — Qizim o‘g‘il farzandni dunyoga keltirib, ko‘p qon ketishi natijasida olamdan o‘tgan, — deydi Nurjahon Sodiqova. — Doktorlar ichki ishlar xodimlarini chaqirib voqeani o‘zlaricha hujjatlashtirgan. Biz esa bexabar bo‘lganmiz. Keyin bilsak, qizim allaqachon o‘lib bo‘lgan ekan. Shunchaki ular vaqtni o‘tkazish uchun bizni aldab turgan. Qizim vafot etganidan so‘ng, ekspertizaga topshirilgan. Buni ham biz keyin bilib qoldik. Doktorlarning bir dona ukol-dori qilganini ko‘rmadim. Qizim o‘layotgan vaqtda dori yozib berishdi, o‘zim borib olib keldim. Dorixonaga borib-kelguncha ancha vaqt o‘tadi. Yozganda ham xuddi odamni ustidan kulganday bitta-ikkita dori yozib beradi. Uni olib kelsangiz, yana bitta-ikkita dori yozib beradi. Shifoxonaning javonlarida esa dorilar shunday ko‘rinib turibdi. Shulardan ishlatsa o‘rniga bir emas, ikkita olib berardim. Alam qiladigani shuki, shifokorlar bir-biriga: “Kamroq ishlating, qolganini boshqa bemorga ishlatamiz”, — degan gapni ham aytdi. Paxtasigacha o‘zim olib kelib berdim. Dokasigacha olib berdim. Bola o‘lik tug‘ilgan bo‘lsa ham, qizimning joni bor edi. Faqat undan ko‘p qon ketayotgan edi. Qonni to‘xtatish mumkin edi. Ammo doktorlar e’tiborsizlik qildi. Bilimi yetmas ekan, yaxshi mutaxassisni chaqirib o‘z vaqtida harakat qilganida hech bo‘lmasa qizim tirik qolar edi.

    Chapdan: Nurjahon Sodiqova, Saodat Xayrullayevaning qaynonasi va 1 yoshli o‘g‘li Umidjon Xudoyberdiyev / Foto: “Daryo”

    Kelin bo‘lganiga atigi uch yil bo‘lgan Saodatning ortida endigina bir yarim yoshni qarshilagan o‘g‘li Umidjon qoldi.

    Saodat Xayrullayeva birinchi farzandi bilan / Foto: “Daryo”

    Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘uriqxonada ona va bolaga e’tiborsizlik holati birinchi bor kuzatilayotgani yo‘q. 23-may kuni tug‘uriqqa kelgan Go‘zal Hakimovaga shifokorlar qiz farzand ko‘rganini aytgan. Aynan o‘sha kuni chaqaloq vafot etgan va shifokorlar Go‘zal Hakimovaga o‘g‘il farzandni bergan. DNK tekshiruvi uchun pul to‘lashga imkoni bo‘lmagan oila o‘g‘il chaqaloqni olib dafn qilgan.

    1991-yili tug‘ilgan Elmira Qayumova 19-iyul kuni Urgut tuman tug‘uriqxonasiga kelgan. Homilaning katta ekani, tug‘ish uchun kuchi yetmasligini bilib bemor shifokorlardan operatsiya yo‘li bilan chaqaloqni olishni so‘ragan. Biroq shifokorlar ayolga o‘zi tug‘ishini aytgan.

    — 4 soatga yaqin qiynaldim, — deydi Elmira Qayumova. — Ahvolim og‘irligi, o‘zim tug‘olmasligimni aytsam ham, shifokorlar operatsiya qilishni istamadi. “O‘zing tug‘asan”, deb turib oldi. Oxiri tug‘olmasligimni bilganidan so‘ng operatsiyaga olishdi. Farzandim operatsiya jarayonida o‘lganmi yoki undan keyinmi — bilmayman. Dorilarning hammasiga o‘zimiz xarajat qildik. Shifoxonadan faqat arzon ukol-dorilarni qilishdi, xolos. Shifokorlar homilador ayollarga muomalasini yaxshi qilib, ularni qiynamasdan tug‘ishiga yordam bersin. Bir-birlari bilan maslahatlashsin. Ahvolimni ko‘rgan Bahodir Botirov degan shifokor tezda operatsiya qilish kerakligini aytgan edi. Ammo Dilnavoz Tolipova ismli shifokor bunga qarshilik qildi. Mana oxirida baribir operatsiya qilishdi. Ammo kech bo‘lgan edi. Ungacha chaqaloq qiynalib bo‘lgan edi.

    Urgut tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uriq bo‘limi mudiri Muhammadjon Shodiyevning aytishicha, chaqaloq tug‘ilayotganda uning yurak urishi sustlashgan. Elmira Qayumova o‘z kuchi bilan tug‘a olmasligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng operatsiya qilingan.

    — Biz bor imkoniyatimizni ishga solib harakat qildik. Biroq chaqaloq operatsiya jarayonida nobud bo‘ldi, — deydi Muhammadjon Shodiyev. — Ko‘pchilik homilador ayollar kelib operatsiya orqali tug‘ishini aytadi. Ammo tibbiyot tomonidan hech qanday ko‘rsatmasi bo‘lmasa, biz operatsiya qilolmaymiz. Agar operatsiya qilishga to‘g‘ri kelib qolsa, yaqinlaridan, turmush o‘rtog‘i, ota-onasidan rozilik olishimiz kerak.

    Elmira Qayumovaning onasi Bibirahima Umarova 2 oy ichida ikkita nevarasidan ayrildi. Samarqand shahrida 4-sonli tug‘uriqxonada kelini Go‘zal Hakimovaning chaqalog‘i avvaliga qiz, o‘lganidan so‘ng o‘g‘ilga aylanib qolgan bo‘lsa, Urgut tumanidagi tug‘uriqxonada ikkinchi nevarasi ham nobud bo‘ldi.

    — Qaysi shifoxonaga ishonishni bilmay qoldim. Odamlar: “Shahardagi tug‘uriqxona yaxshi”, — deydi. Shaharda shifokorlar tug‘ilgan chaqaloqni avvaliga qiz, o‘lganidan so‘ng o‘g‘il deb turibdi. To‘g‘risi tushunmay qoldim. Urgut tumanidagi tug‘uriqxonada esa ahvol bunday, — deydi Bibirahima Umarova.

    Tuman tibbiyot birlashmasida homilador ayollar uchun hech qanday sharoit yaratilmaganining guvohi bo‘ldik. Xususan, skrining tekshiruviga kelgan homilador ayollarga kutish uchun o‘rindiqlar o‘rnatilmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ularning aytishicha, skrining tekshiruvdan o‘tish uchun 7000—10000 so‘mgacha to‘lov qilinayotgan ekan.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida Urgut tumanida 4082 ta homilador ayol qabul qilingan bo‘lib, 3622 ta tug‘uriq qayd etilgan. Shulardan 10 tasida o‘lik tug‘ilish qayd etilgan, 459 nafar ayol Kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘gan.

    2018-yilning o‘tgan davrida viloyatda 28255 nafar chaqaloq tug‘ilgan bo‘lib, 9 nafar onaning o‘limi qayd etilgan. Onalar o‘limi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 taga ko‘paygan. Viloyat bo‘yicha 6 oy davomida 233 nafar go‘dakning o‘limi qayd etilgan.

    Avvalroq, Samarqanddagi xususiy tug‘uruqxonada chaqaloqlar savdosi yo‘lga qo‘yilgani, sotilmay qolganlari esa tibbiyot chiqindilarini yoqishga mo‘ljallangan mufel pechida yoqib yuborilgani xabar qilingan.

    30.07.2018, 12:40   Izoh (0)   52532
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zavtosanoat” raisi: 1-avgustdan avtomobillar narxi o‘rtacha 14 foizga oshiriladi

    30.07.2018, 12:23

    Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning farzandi Ismoil Muhammad Yusuf O‘zbekiston musulmonlari idorasida maslahatchi lavozimiga tayinlandi

    30.07.2018, 12:10

    Samarqandda profilaktik hisobda turgan 536 nafar bolalar uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

    30.07.2018, 11:53

    Samarqandda IIB jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha o‘quv amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi (foto)

    30.07.2018, 11:13

    Shavkat Mirziyoyev Marokash qiroliga tabrik yo‘lladi

    30.07.2018, 10:45

    Samarqandda qiz chaqaloq tug‘gan ayolning farzandi o‘lganidan so‘ng o‘g‘il bolaga aylandi

    30.07.2018, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Styuardessalar ularni chetlab o‘tadi: samolyotda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan ichimlik va taomlar

    Layfstayl | 29 iyun, 10:40

    “Asr to‘yi”: Jeff Bezosning Venetsiyadagi 50 mln dollarlik nikoh oqshomiga 200 dan ortiq mashhurlar tashrif buyurdi

    Shou-biznes | 29 iyun, 10:15

    O‘zbekistonda valyuta tushumini sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 10:00

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” “Benfika”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 29 iyun, 08:35

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.