27-iyul, payshanba kuni “Boko Xaram” radikal guruhi jangarilari Nigeriya shimoli-sharqidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qildi. Bu haqda AFP’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hujum natijasida 11 kishi halok bo‘ldi.
Mudofaa kuchlari vakilining bergan ma’lumotlariga qaraganda, jangarilar transport vositalari, jumladan, zirhli transportyor va yuk mashinasini qo‘lga kiritgan.
Nigeriyada faoliyat yurituvchi “Boko Xaram” radikal guruhi ta’limning g‘arb modeliga qarshi chiqadi va butun mamlakat bo‘ylab shariat joriy etilishini yoqlaydi.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, “Boko Xaram” bilan bog‘liq zo‘ravonlik aksiyalarida sakkiz yil ichida 20 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)