Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 91 taga yetdi, deya “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Favqulodda xizmat ma’lumotlariga qaraganda, 25 kishi bedarak yo‘qolgan.Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilishicha, 4 kishi shifoxonada jon bergan.
O‘tkazilgan tibbiy ekspertiza natijasida halok bo‘lganlardan 59 nafarining shaxsi aniqlangan. Yana 28 kishining shaxsi noma’lumligicha qolmoqda.
Gretsiya sog‘liqni saqlash vazirligi 43 kishi va bir nafar bolaning shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gretsiya poytaxti Afina shahridan sharqda 23-iyul kuni kuchli o‘rmon yong‘ini yuzaga kelgan. Alanga o‘chog‘i tog‘ qoyalaridagi yetib borish qiyin bo‘lgan asosiy o‘rmonda, Kineta kurort shahri yaqinida joylashgan. Qurbonlar soni 24-iyul kuni 20 kishi, shu kunning ikkinchi yarmida 70 kishi, 26-iyul kuni 83 kishi, 27-iyul kuni 87 kishiga yetgani xabar qilingan.
Izoh (0)