Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yovvoyi tabiat fotografi Brent Sayzek AQShning Minnesota shtatidagi Bemiji ko‘lida 76 ta o‘rdakchani izidan ergashtirib mag‘rur suzib ketayotgan ona o‘rdakni suratga oldi. Big Pictures ana shu suratga e’tibor qaratdi.

Foto: Big Pictures

Foto: Big Pictures

Surat tarmoqlarda tezda tarqalib ketdi. Sayzekni hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, qanday qilib yovvoyi o‘rdak bir vaqtning o‘zida buncha jo‘jani katta qilishi mumkin.

Odatda, yovvoyi o‘rdaklar taxminan 12 ta tuxum qo‘yadi. Ular avlodining yashab qolishi imkoniyatini oshirish uchun o‘z tuxumlarini begona inlarga qo‘yishi holatlari ham bo‘lib turadi.

Foto: Big Pictures

Foto: Big Pictures

Yovvoyi o‘rdaklar jo‘jalarini bolalar bog‘chasi tizimida o‘stiradi. Bunda qushlar o‘z jo‘jalarini eng katta va tajribali o‘rdak qaramog‘ida qoldiradi. Ekspertlarning fikricha, Bemiji ko‘lidagi o‘rdaklar taxminan bir vaqtda tuxum qo‘yadi. Keyin esa o‘z bolalarini eng katta o‘rdakka qoldiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi