Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyasiga taklif etilgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 27-iyul kuni AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Deyl Braunbek bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida 26-iyul kuni yakuniga yetgan Vazirlar konferensiyasi yakunlari borasida fikr almashildi, mazkur sohadagi O‘zbekiston – AQSh hamkorligining asosiy masalalarini muhokama qilindi.
Elchi O’zbekiston tomonini diniy erkinliklarni ta’minlash sohasidagi keskin ijobiy o’zgarish va forumdagi muvaffaqiyatli ishtirok munosabati bilan tabrikladi.
Uchrashuvda Samuel Deyl Braunbekning sentabr oyida O‘zbekistonga tashrifining amaliy jihatlari hamda O’zbekiston va AQSh o’rtasidagi hamkorlikning yaqin istiqbolda rivojlantirishga doir boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)