Xitoyda ayolning buyragida 3000 ga yaqin tosh aniqlandi, deb yozmoqda “Zakon.kz”.
Xitoyda 56 yoshli ayol shifoxonaga murojaat qilib, qornidagi kuchli og‘riqlardan qiynalayotganini aytgan. Bir soat davom etgan jarrohlik natijasida shifokorlar ayolning qornidan 2980 ta tosh topgan. “Bizni bu holat hayratga soldi. Ayolda atrofiya (to‘qimalar oziqlanishining buzilishi natijasida a’zolarning qurishi) xastaligining rivojlanish xavfi bo‘lgan. Faqatgina toshlarni chiqarib olish yo‘li bilangina vaziyatni tuzatish mumkin edi”, — deydi Szyansu provinsiyasi Chanchjou okrugi klinikasining urologiya bo‘limi boshlig‘i Mo Naysin.
Toshlar organizmdagi infeksiya tufayli vujudga kelgani aniqlangan. Infeksiyaning rivojlanishiga esa ko‘plab omillar qatorida bemorda aniqlangan qandli diabet xastaligi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)