Siemens Zarafshonda ilk shamol elektr stansiyasini barpo etadi. Prezidentning “2018—2019-yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida shu haqda so‘z yuritiladi, deb yozadi Spot.
Loyiha 2019—2022-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, uning qiymati 100 million dollarga baholangan. Ulardan 5 million dollari 2019-yilda o‘zlashtiriladi. Mablag‘larning barchasi — Siemens’ning xorijiy investitsiyalari.
Pilot loyiha O‘zbekistonning ulkan shamol energetik imkoniyatini o‘zlashtirish va mamlakat energiya tizimiga qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishni boshlab beradi.
Izoh (0)