Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 87 kishiga yetdi. Bu haqda “Sputnik Gretsiya” xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq 83 kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Bosh sud-tibbiy ekspert Nikos Karakukis 86 jasad yorib ko‘rilganligini ma’lum qilgan. Keyinroq yana bir jabrlanuvchining Afina shifoxonalaridan birida halok bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Gretsiyada mazkur hafta bir nechta yirik o‘rmon yong‘inlari yuz berdi, Attikada favqulodda vaziyat e’lon qilingan.
Izoh (0)