Kiprning “‘Metalloinvest’ XK” AJ, “MegaFon” OAJ aksiyalari nazorat paketi va boshqa aktivlarga bilvosita egalik qiluvchi USM Holdings Limited xolding kompaniyasi va uning benefitsiar egalari aktivlarni deofshorizatsiya qilish va USM guruhiga benefitsiar egalikni Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tkazish jarayonini yakunlamoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Davom etayotgan korporativ restrukturizatsiya doirasida USM guruhining barcha asosiy aktivlari qayta tashkil etilgan “YueSeM xolding kompaniyasi” MChJ Rossiya xolding kompaniyasiga USM Holdings Limited’ning eng yirik benefitsiarlari — Alisher Usmonov (49%) va Vladimir Skoch (30%)ning bevosita ishtirokida o‘tkaziladi. Xususan, ayni kungacha “YueSeM xolding kompaniyasi” MChJga “‘Metalloinvest’ XK” AJning 100% aksiyalariga va “MegaFon” OAJning 56,32% aksiyalariga egalik qiluvchi kompaniyalarning 100 foiz ulushini o‘tkazish haqidagi hujjatlar imzolangan.
Ushbu korporativ xatti-harakatlar natijasida USM guruhi kompaniyalariga egalik va aktivlarni Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tkazish jarayoni yakunlanadi.
USM direktorlar kengashi a’zosi Ivan Streshinskiyning aytishicha, olib borilayotgan restrukturizatsiya Rossiyada e’lon qilingan mahalliy iqtisodiyotni deofshorizatsiya qilish yo‘nalishini amalga oshirishga qaratilgan.
Izoh (0)