Akram Yusufovich Eshonqulov hukumat qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining asosiy vazifasi aholini, shuningdek, chet el jamoatchiligini O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida keng xabardor qilish hisoblanadi.
Izoh (0)