Vashingtonda Putinning tashrifi borasida hozircha aniq to‘xtamga kelinmadi, deya AQSh davlat departamenti ma’lum qilgan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Rossiya prezidentining yordamchisi “TASS”ga bergan ma’lumotlarga qaraganda, ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasida keng miqyosdagi muzokaralar o‘tkazish taklifi AQShning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltondan chiqqan. Uchrashuvga amaliy tayyorgarlik ko‘rish tadbirlari hozircha boshlanmagan.
AQSh vakillar palatasida Putin mamlakatga tashrif buyurgan taqdirda ham unga Kongressda nutq so‘zlash imkoniyati berilmasligi, Vashingtonning ittifoqchilarigina bu vakolatga egaligi ma’lum qilingan.
Izoh (0)