Toshkentdagi Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidagi (Grand Mir mehmonxonasi qarshisida) soatli minora olib tashlanadi. Bu haqda shahar hokimiyati matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Minoraning o‘rnatilishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilardan biri Toshkent minorasi AQShning Somervill shahridagi “Eslash vaqti” yodgorligi (poydevoriga 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlarda halok bo‘lgan shu yerlik 39 kishining ism-sharifi yozilgan) bilan o‘xshash ekaniga e’tibor qaratdi. Toshkentdagi minorada ham “Time to remember” yozuvining borligi dizaynning ko‘chirilganiga shubha qoldirmaydi.
“So‘nggi vaqtlarda shaharning ommaviy joylarida metalldan bezaklar paydo bo‘la boshladi. Mazkur konstruksiyalarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy qabul qilinmoqda, biroq ulardan biri bahsli bo‘lib chiqdi va u Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev topshirig‘i bilan olib tashlanmoqda”, — deyiladi hokimiyat xabarida.
Izoh (0)