Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Donald Tramp Eron AQShga tahdid qilishda davom etsa, mamlakat jabr ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozdi, deb “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga: boshqa hech qachon Qo‘shma Shtatlarga tahdid qilmang, aks holda bu ishingizning oqibatlaridan jabr ko‘rasiz. Biz endi sizlarning shafqatsizlik va o‘lim haqidagi telbanamo gaplaringizga indamay turadigan mamlakat emasmiz. Ehtiyot bo‘ling!” — deb yozgan Tramp.

Avvalroq, Eron AQSh sanksiyalariga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishi xabar qilingan edi. Eronning Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotidagi (OPEK) vakillari Donald Trampni o‘z Twitter sahifasidagi beadab tvitlarini bas qilishga chaqirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi