Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasida tuman va shahar MIB inspektorlari uchun 2 kunlik o‘quv-seminari tashkil etildi, deb yozmoqda O‘zA.
Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Majburiy ijro byurosi hamda byuroning viloyat boshqarmasi mas’ullari, tizim inspektorlari ishtirok etdi.
– Byuro tashkil etilganiga endi bir yil bo‘ldi, – deydi MIB viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi inspektori G.Qurbonova. – Ushbu o‘quv-seminari yosh inspektorlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Soha mutaxassislari tomonidan qarzdorliklarni kamaytirish, ayniqsa, elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish, firibgarliklarni aniqlash sirlari o‘rgatildi.
Izoh (0)