Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilgan jazirama issiqdan so‘ng 24-iyuldan havo haroratining pasayishi kutilmoqda. 23-iyuldan boshlangan hafta davomida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb yozmoqda Uz24.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo harorati kechasi +18—26, kunduzi +31—36 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda kechasi +18—23, kunduzi +32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kechasi +18—23, kunduzi +32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat kechasi +20—25, kunduzi +33—38 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi +17—22, kunduzi +31—36 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda kechasi +16—21, kunduzi +22—27 darajagacha issiq bo‘ladi.
Izoh (0)