Buyuk Britaniya qirolligi oilasi hamisha butun dunyo e’tibori markazida. Ularning tashqi ko‘rinishidagi mayda detallar ham kuzatuv ostida turadi. Xususan, shahzoda Garrining qo‘lidagi bilakuzuk qariyb 20 yildan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda. AdMe ana shu bilakuzukning tarixiga e’tibor qaratdi.
Qayd etilishicha, ingichka oq-qora bilakuzuk birinchi marta Garrining qo‘lida 2001-yilda paydo bo‘lgan. Taqinchoq afrikacha uslubda yaratilgan.
Nashrning yozishicha, 1997-yilda Garrining onasi malika Diana vafot etganda uning otasi Charlz Garrini akasi Uilyam bilan Afrikaga jo’natgan. O‘shanda Garri 13 yoshda, akasi esa 15 yoshda bo‘lgan.
Ularning onasi o‘limi bilan bog‘liq hodisalar bolalarga juda qattiq ta’sir qilgan. Shuning uchun bolalarning otasi ularni iloji boricha Londondan, jurnalistlardan uzoqlashtirish uchun Afrikaga jo‘natgan. Garrining qo‘lidagi taqinchoq ham aynan Afrikada onasining xotirasi uchun sotib olingani taxmin qilinadi.
Izoh (0)