Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 20-iyul, juma kuni “Oilaviy tadbirlardagi me’yor: muammo va yechim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Tadbirda to‘y-xashamlarni ixchamlashtirish masalasi muhokama qilindi.

Davra suhbatida ishtirok etgan deputatlarning fikricha, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan to‘y-ma’raka xarajatlarini qisqartirish borasida qabul qilinayotgan qarorlar kutilgan natijani bermayapti.

Tadbirda aytilishicha, xalq bilan joylarda bo‘layotgan uchrashuv va muloqotlarda, shuningdek, parlamentga yo‘llangan ko‘plab murojaatlarda to‘y-ma’rakalarni tartibga keltirish masalasi takror ko‘tarilmoqda.

Tadbir Parlament quyi palatasining Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiyasi, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etildi. Tadbirda deputatlar, vazirlik va idoralar xodimlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda OAV vakillari qatnashdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda