Buenavista shahri meri Eliseo Delgado shahar ma’muriyati binosiga kirish oldida noma’lum shaxs tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda Excelsior portaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Eliseo Delgado yaqinda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Andres Manuel Lopes Obradorning “Birgalikda tarixni yaratamiz” koalitsiyasidan merlikka saylangan.
Delgado Meksikada bir kun ichida (20-iyul, juma kuni) o‘ldirilgan uchinchi mansabdor bo‘ldi. Xuddi shu kuni “Morena” partiyasidan tayinlangan Tlakepake shahri (Xalisko shtati) maslahatchisi va San-Migel-Chimalapas qishlog‘i (Oaxaka shtati) jamoat mulki bo‘yicha komissari o‘ldirilgan.
So‘nggi yillarda Meksikada giyohvand moddalar ishlab chiqaruvchi kartellarning (monopoliya shakli) AQShga kokain tranzit qilishda raqobatlashishi oqibatida mamlakatda zo‘ravonlik avj olgan. Saylovoldi kampaniyasi davomida 520 dan ortiq siyosatchi va davlat idoralari xodimlari o‘ldirilgan.
Izoh (0)