Eron g‘arbidagi Kurdiston viloyatida jangarilar hujumi oqibatida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK)ning 10 jangchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
21 iyulga o‘tar kechasi jangarilar IIQK chegara qo‘shinlarining Merivan shahri yaqinidagi qorovul postiga hujum qilgan. Ko‘p o‘tmay hujum qilgan shaxslar qurol-yarog‘ omborini portlatgan.
IIQK qo‘mondonligi axborotiga ko‘ra, korpus jangchilar hujum qilganlarning bir necha nafarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan, yana bir necha jangari yarador qilingan.
Hozircha ushbu hujum uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.
Izoh (0)