AQShning Missuri shtatida Teybl-Rok ko‘lida kemaning halokatga uchrashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Guvohlar voqeani videoga olib YouTube’ga joylagan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Shuningdek, 7 kishi shifoxonaga yotqizilgan. 1 kishi og‘ir jarohat olgan.
Ma’lum qilinishicha, sayyohlarni sayrga olib chiqqan katerda 31 kishi, jumladan, voyaga yetmaganlar bo‘lgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, halokat kuchli shamol oqibatida ko‘lda yuz bergan bo‘ron tufayli sodir bo‘lgan.
Izoh (0)