Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi “Parkent Plaza” jamoasi bilan birgalikda Yunusobod tumani, 11-daha, 17-uydagi ustidan bo‘yoq surilgan mozaikani to‘g‘rilash va qayta tiklash ishlarini boshlamoqda.
Mazkur kompaniya rahbari, Jamoatchilik kengashi eksperti Oybek Shodiev tergov-taftish ishlari tugashini kutmasdan mozaikani mas’uliyat bilan qayta tiklashga qaror qildi. Mozaikani tozalash va qayta tiklash xarajatlarini “Parkent Plaza” kompaniyasi o‘z zimmasiga oladi. Ushbu tashabbus kengash tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
19-iyul kuni narvonlar o‘rnatildi va pannoni tozalash ishlari boshlandi. 20-iyul kuni restavratsiya ishlari bo‘yicha mutaxassis akademik Marina Borodina bilan maslahatlashuv bo‘lib o‘tadi.
Toshkent aholisi 10 kundan keyin mozaikani ilk ko‘rinishida tomosha qilishi mumkin.
Izoh (0)