Olimlar Yer qarida 4 milliard tonnadan ortiq olmos borligini aniqladi. Bu haqda “Nauka” xabar bermoqda.
Massachusets texnologiyalar instituti tadqiqotchilari Yer qobig‘ini o‘rganish bo‘yicha xalqaro loyihaga rahbarlik qilmoqda. Olimlar tovush to‘lqinlaridan foydalangan holda 160 kilometr chuqurlikda olmos konini topdi.
Olmos million yillar davomida yuqori harorat ta’sirida toza ugleroddan shakllanadi. Massachusets universiteti tadqiqotchilari aniqlagan konda 4 milliard tonnadan ortiq olmos bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan. Tadqiqotchilar hozircha olmoslarni qazib olishning iloji yo‘qligini ma’lum qilgan. Aytilishicha, hozirda mavjud texnologiyalar bu qadar chuqurlikda joylashgan konlarni ochishga mo‘ljallanmagan.
Izoh (0)