• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Deputat: Korrupsiya ildiz otgan joyda adolatsizlik va iymonsizlik hukmronlik qiladi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev Facebook’dagi sahifasi orqali jamiyatdagi jirkanch illat – korrupsiya va poraxo‘rlik haqida fikr-mulohazalarini bildirdi, deb yozadi “Xalq so‘zi”. Quyida deputatning fikrlarini to‘liq holicha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Kulohni bilasiz: qalandar va darveshlar kiyadigan uchli qalpoq. O‘tmishimizda u bilan bog‘liq ajoyib voqea bor.

    Bahodir Yalangto‘sh (Nizomiddin Yalangto‘shbiy otaliq, 1576—1656-yillar) Samarqandga bir emas ikki marta (1612 va 1645-yillarda) hokim etib tayinlangan. U saltanat va Samarqand xalqi oldidagi xizmatlari uchun “Otaliq” unvoniga (“El otasi” ma’nosini angladi) sazovor bo‘lgan. Tarixda har qanday hokim bunday unvonga loyiq bo‘lavermagan.

    Xo‘sh, Bahodir Yalangto‘sh qanday xizmatlar qilganki, bunday yuksak unvonga sazovor bo‘lgan?

    Tarixiy manbalarga ko‘ra, mohir sarkarda sifatida dushmanlar ustidan qozongan g‘alabalari, saltanat sarhadlarini daxlsiz saqlashdagi xizmatlari, Samarqand muzofotini obod, qo‘rg‘onini mustahkam, elini farovon etgan, azim shahardagi yaratuvchilik ishlari uchun Yalangto‘shbiy “El otasi” unvoniga loyiq topilgan.

    Taajjubki, ana shunday yuksak rutbadagi inson tun-u kun darveshlar qalpog‘i — kuloh kiyib yurar ekan. O‘sha kezlarda Samarqandning Registon maydoni tegrasida joylashgan bozorni aylanishni xush ko‘rgan hokim-u mutlaq Yalangto‘shbiyni oddiy faqir-u fuqarolardan ajratib bo‘lmas, chunki egnidagi korjomasi hamin qadar el qatori bo‘lar ekan.

    ...Bir kuni u kishiga hamroh g‘aznachi va bir navkar gavjum joyda hokimning qalandar kulohini qora qilib ergashib borar edi. Mavsum boshi bo‘lgani uchunmi, hokim qovun sotayotgan bir dehqon yigitning oldida to‘xtabdi. Chog‘roq qovunlardan qo‘liga olib, shapatilab-shapatilab ko‘rib, ikki donasini ajratibdi. Narxini so‘rab, savdolashibdi. Narx bichilgach, hokim belbog‘iga ilingan hamyonni paypaslasa, hamyon bo‘sh emish... Hokim buni kuzatib turgan dehqonga jilmayibdi-da, yonida ergashib yurgan g‘aznachiga yuzlanib, “G‘aznadagi maoshimdan haqim bormi?” deb so‘rabdi. G‘aznachi qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygan holda ikki bukilib, “G‘azna sizning ixtiyoringizda, taqsir” debdi. Yalangto‘shbiy qoshini chimirib, unga qattiq tikilgancha, “G‘azna bilan mening maoshimni adashtirmang!” debdi. G‘aznachi gapni tushunib, “haqingiz yo‘q” degan ishora beribdi-da, mulzam bo‘lgancha, bir qadam tislanib, jim turaveribdi.

    Bahodir Yalangto‘sh boshidagi kulohini avaylab yechib, dehqon yigitga uzatibdida “Shu kulohga ayirgan qovunlarimni berasanmi?” debdi. Dehqon kulohni qo‘liga olib, ko‘zdan kechirgach, “Juda eski ekan-da, taqsir” debdi. Savdoga guvoh bo‘lib turgan navkar hokimning orqasidan turib, dehqonga imo-ishora qilar, goh bosh barmog‘i bilan qarorgoh tomonni ko‘rsatar, goh chopon yoqasini ochib, to‘shini yalang qilar edi.

    Nihoyat dehqon qarshisida Samarqand hokimi Bahodir Yalangto‘sh turganini fahmladi. “Taqsir, Bahodir Yalangto‘shning kulohi biz uchun tabarruk”, deya ko‘ziga surtib, qo‘njiga tiqibdi, yerdan qovunlarni olib, hokimning qo‘liga tutqazibdi...

    Butun Samarqand izmida bo‘lgan Bahodir Yalangto‘sh g‘azna u yoqda tursin, hatto oddiy dehqondan bir dona qovunni tekin olish, ya’ni, uning haqiga xiyonat qilishni o‘ziga ep bilmagan. Qissadan hissa shuki, xalqning hokimni halol, diyonatli, el otasi, deb bilgani — elning ishonchini suiiste’mol qilmaganligi uchundir.

    Yana bir muhim dalil borki, aytmasak bo‘lmas.

    Manbalarda aytilishicha, “Tillakori” madrasasining gumbaziga yetmish kilogrammdan ziyod oltin sarflangan. Madrasa gumbazining nafisligi, naqqoshlar ishining murakkabligi bo‘yicha bu gumbaz “Go‘ri Amir” maqbarasi gumbazidan qolishmaydi. Sherdor madrasasining salobati, go‘zalligi hozirga qadar barchani hayratga soladi.

    Samarqandning “Yer yuzining sayqali” bo‘lishiga hissa qo‘shgan “Tillakori” va “Sherdor” madrasalarini qurdirgan shunday buyuk shaxs, o‘ziga mo‘jazgina maqbara ham qurdirmagan.

    Hatto, madrasalarning qurilishida ishchilarga go‘sht yetkazib bergan qassob o‘zini Registonda dafn etishlarini so‘raganida shu oddiy qassobning iltimosi vojib etilgan...

    Bahodir Yalangto‘sh esa, o‘zini Samarqand shahridan o‘n ikki kilometr naridagi Dahbed qishlog‘ida mozori joylashgan Mahdumi A’zam zurriyodi bo‘lmish, tariqat ilmi bilimdoni Hoji Rashid Dahbediyning oyoq uchiga qo‘yishlarini vasiyat qilgan.

    Mozor bo‘sag‘asini hatlaganda qarshingizdagi qabr Samarqand viloyati hokimi Nizomiddin Yalangto‘shbiy Otaliqning mangu qo‘nim topgan makonidir.

    O‘tmishda poraxo‘rlik, ya’ni korrupsiya bo‘lmagan desak, yanglishamiz. Albatta, bu illat insoniyat tanasiga asosan “nafs” ko‘rinishida zulukdek yopishib, davlat asoslarini yemirib, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilib keladi. Korrupsiya ildiz otgan joyda adolatsizlik, iymonsizlik, qonunga hurmatsizlik hukmronlik qilib, parokandalik yuz berishi tarixdan ma’lum.

    Insoniyat bu illatning payini qirqish uchun mudom qonunlarga tayanib kurashib kelmoqda.

    Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z vakolatiga kirishishi bilan, Prezident sifatida imzo chekkan eng birinchi qonun ham “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘ldi (2017-yil 3-yanvar). O‘zbekistonda ushbu qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida Prezidentning 2017-yil 2-fevraldagi Qarori hamda 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Davlat dasturi” qabul qilindi. Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar bilan tanishib chiqsangiz, korrupsiyaga qarshi kurashish, unga butkul chek qo‘yish uchun beixtiyor “Bundan ortiq yana nima qilish kerak?”, deb o‘zingizga savol berasiz.

    Ammo keyingi paytlarda xalqimiz va Prezidentimiz ishonch bildirgan ayrim amaldorlarning poraxo‘rligi bilan bog‘liq voqealar hali oldimizda qilinajak ishlarimiz ko‘p ekanidan dalolat beradi. Deputatlar korpusi ham mazkur qonun va Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasidagi vazifalarni qat’iy ado etishda chetda turmasligi, Oliy Majlis va mahalliy Kengashlar deputatlari aholining ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatini shakllantirishda jonbozlik ko‘rsatmog‘i lozim.

    Zero, jamiyatda bir nafar poraxo‘r yo korrupsiya quliga aylangan amaldorning chiqishi xalqning davlatga hamda rahbarlarga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadi. Agar o‘sha beburd amaldorning ko‘ksida deputat yoki senator nishoni bo‘lsa – urdi xudo deyavering. Bundan mudhish manzara bo‘lmasa kerak...

    18.07.2018, 16:50   Izoh (0)   18185
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sherobodda Matiz olib berishni va’da qilgan firibgar ayol qidirilmoqda

    18.07.2018, 16:36

    Abdulaziz Komilov Qatar delegatsiyasini qabul qildi

    18.07.2018, 16:04

    1-avgustdan aholiga yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxi oshadi

    18.07.2018, 15:45

    Qashqadaryoda 18 yoshida 4 marta jinoyat sodir etgan yigit 5 yilga qamaldi

    18.07.2018, 15:30

    O‘zbekiston Afg‘onistonga erkin savdo tartibini o‘rnatishni taklif qilmoqda

    18.07.2018, 15:05

    Toshkentda chiqindilarni yer ostida saqlovchi ilk zamonaviy chiqindixona o‘rnatildi (foto)

    18.07.2018, 14:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.