Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida mamlakatda sarmoyadorlik muhitini shakllantirish to‘g‘risidagi Prezident farmonining loyihasi e’lon qilindi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Farmon loyihasiga muvofiq, O‘zbekistonga 200 000 dollardan kam bo‘lmagan sarmoya kiritgan chet el fuqarolariga istiqomat guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi.
O‘zbekistonda kompaniyalar aksiya va ulushlarini sotib olgan yoki korxona ochgan xorij fuqarolariga 3 yil muddatga mo‘ljallangan viza mamlakatdan tashqariga chiqmagan holda istagancha uzaytirish imkoniyati bilan beriladi.
Loyihada iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlariga yirik sarmoyalar kiritgan xorijliklarga “faxriy fuqaro” unvonining berilishi ham ko‘zda tutilgan.
1-avgustga qadar hujjat bilan tanishish, taklif kiritish va izoh qoldirish mumkin.
Izoh (0)