Janubiy Afrika Respublikasida astronomlar MeerKAT teleskopi yordamida birinchi marta Somon yo‘li galaktikasi markazidagi o‘ta yirik qora tuynukni “suratga olishga” muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
O‘qotar A obyekti Yerdan 25 ming yorug‘lik yili uzoqligida O‘qotar yulduzlar turkumi yo‘nalishida joylashgan. Uning vazni Quyoshning vaznidan 4,3 million marta ortiqni tashkil qiladi.
Bu hudud gaz-changli bulutlar bilan qoplangan, shuning uchun oddiy teleskopda u yerda biror narsani ko‘rishning imkoni yo‘q. suratdagi panorama 1000 ga 500 yorug‘lik yili kengligidagi bo‘shliqni o‘z ichiga olgan.
Suratda qora tuynuk atrofidagi o‘ta yangi va olimlar uchun jumboqli bo‘lgan magnit to‘lqinlarni ko‘rinadi.
Izoh (0)