“O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Umarov boshchiligidagi mutasaddilar hamda ekspertlar ishtirok etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Alisher Umarovning aytishicha, bugungi kunda o‘qituvchilar turli ko‘rinishdagi majburiy mehnatga jalb etilmoqda.
O‘qituvchilar elektr puli to‘lanmayotgani haqidagi kvitansiyalarni tarqatib yuribdi. O‘qituvchilar avgust oyida mahallalarga borib, oilalarning ajralmasligi uchun targ‘ibotchi ekan. Yoki direktorlarni qidirsak, ular yo‘q. Qayerda? Majlisda. “Mayli, men vazir o‘rinbosariman, keyinroq kelaman”, — deb qaytib kelsam, yana yo‘q. “Qani” desam, “Keyingi majlisga ketdi” deyishdi. Xalq ta’limi sohasidagi xodimlar agar boshqa joyda bo‘lsa, bolalarimiz kim bilan qoladi, ularga kim ta’lim beradi?”.Alisher Umarov, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari
Izoh (0)