Finlyandiyadagi Kaffekievari restoranida Putin va Donald Trampning uchrashuvi arafasida maxsus “Trumputin” nomli taom yaratildi. Bu haqda Helsingin Uutiset’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Trumputin” taomi ruscha quymoq, qizil baliq, qaymoq, piyoz, amerikacha pankeyk, muzqaymoq va mevalardan iborat. Taom mualliflarining fikricha, “Trumputin” bir vaqtning o‘zida G‘arb va Sharq yeguliklarini o‘z ichiga olgan. Shuningdek, taomda shirinliklar va tuzlamalar birgalikda taqdim qilingan.
Restoran vakillarining aytishicha, taom yaratishda hech qanday siyosiy maqsadlar ko‘zlanmagan. Shuningdek, restoran vakillari tashrif buyuruvchilarga taom yoqsa, prezidentlar uchrashuvidan keyin ham menyuda qolishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp va Putinning 16-iyul kuni Xelsinkida uchrashishi xabar qilingan.
Izoh (0)