Rossiyalik Olga Zapivoxina yoshligidan model bo’lishni orzu qilgan, biroq uning bo‘yi pastligi va tashqi ko‘rinishi bunga imkon bermagan, deb yozadi AdMe.
Bu orzusidan voz kechgan Olga universitetda o‘qib yurgan vaqtida bosh og‘irig‘idan aziyat chekkan. Qiz bu haqda do‘stlaridan biriga aytgan, do‘sti esa uni shifokorga olib borgan. Aniqlanishicha, qizning bosh miyasida o‘simta bo‘lgan va bir necha marta qon ketishi kuzatilgan. Shifokorlar qizning shunday holatiga qaramasdan, u hali ham o‘z hushida ekanligidan hayratga tushgan.
O‘simtani olib tashlash operatsiyasi uchun Olganing sochi to‘liq olib tashlangan. Qiz kasalxonaga yotgan vaqtda moda sohasida ishlaydigan do‘stlaridan biri undan hol-ahvol so‘rab, xabar jo‘natgan. Olga unga javoban o‘z suratini yuborgan.
Qiz kasalxonadan chiqqach, uning suratini olgan do‘sti qiz bilan fotosessiya o‘tkazgan va suratlarni Gucci ayollar kolleksiyasiga yuborgan.
Suratlar Gucci vakilini qiziqtirgan va Olgani Milanga chaqirgan. Shu tariqa Olga Gucci ayollar kolleksiyasining modeliga aylangan.
Izoh (0)