Andijonda munosabatlarini oshkor qilmaslik uchun xushtoridan 25 ming dollar talab qilgan ayol ushlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Andijon IIBga Z.N. ariza bilan murojaat qildi. Ma’lum bo‘lishicha, u 2018-yil may oyida bir ayol bilan tanishib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Ayol Z.N.ga qo‘ng‘iroq qilib, o‘rtalaridagi ishqiy munosabatni videotasmaga yozib olgani, agar 25.000 AQSh dollari bermasa, videoni internetga joylashini aytib qo‘rqitgan.
Viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida ayol Z.N.dan kimyoviy ishlov berilgan 10.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)