O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Farg‘ona shahrida 16-iyul kuni Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari, yetakchi iqtisodiy tuzilmalari rahbarlari o‘rin olgan delegatsiyalarga boshchilik qilayotgan hukumat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi.
Xususan, oliy darajadagi O‘zbekiston—Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilinadi.
Izoh (0)