Turkiyada 18-iyul, chorshanba kuni bundan 2 yil avval e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilinadi. Bu haqda Turkiya prezidentining maslahatchisi Ibrohim Kalin ma’lum qilgan, deya “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kalinning so‘zlariga qaraganda, Turkiyada xavfli vaziyat vujudga kelgan taqdirda, favqulodda holat yana e’lon qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 2016-yil 20-iyul kuni davlat to‘ntarishini uyushtirishga urinish amalga oshirilganidan keyin favqulodda holat e’lon qilingan va bir necha marotaba uning muddati uzaytirilgan. Favqulodda holatning e’lon qilinishi prezident va hukumatga parlamentning roziligisiz qonunlar qabul qilish vakolatini beradi.
Izoh (0)