Toshkent shahar Bektemir tumani “Oltin topgan” mahallasida yaqinidagi sanoat hududida joylashgan Blu Marmar korxonasida 14-iyulga o‘tar kechasi xlor bilan ishlash jarayonida xlor konteynerida yorilish sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida vafot etgan, 18 nafar ishchi esa xlordan zaharlanish tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyat filialiga joylashtirilgan.
Konteyner yorilishi soat taxminan tungi 2:30 da yuz bergan bo‘lgan bo‘lsa, tong soat 5:15 da xavf vazirlik qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan. “Shifoxonaga yotqizilgan 18 ishchidan 13 nafarining sog‘ligi to‘liq tiklanganligi sababli, 14-iyul kuni soat 10:30 da uylariga ketishga ruxsat berilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)