“O‘ztransgaz” AJ “Eng ilg‘or tuman/shahar gaz ta’minoti” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazadi. Bu haqda “O‘ztransgaz” AJ matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
“O‘ztransgaz” AJ tizimidagi korxonalar o‘rtasida tashkil qilingan tanlov 2018-yilning 15-iyulidan 31-dekabriga qadar davom etadi.
G‘olib Kia Sportage station avtomashinasi bilan taqdirlanadi. G‘olib idoraning har bir xodimiga 1 million so‘mdan mukofot puli beriladi.
Shuningdek, “O‘ztransgaz” AJ mustaqillikning 27 yilligi arafasida “Eng ilg‘or gaz xo‘jaligi xodimi” respublika tanlovini o‘tkazadi. Tanlovda yoshlarning sohaga oid innovatsion g‘oyalari, takliflari, xodimning jamoadagi o‘rni, erishgan yutuqlari e’tiborga olinadi.
Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 nafar xodimga 2,5 million so‘mdan 10 million so‘mgacha pul mukofotlari beriladi.
Izoh (0)