Gvatemala qirg‘oqlaridan 350 kilometr uzoqlikda qo‘lga olingan suv osti kemasida 0,8 tonnadan ortiq kokain moddasi topildi. Bu haqda mamlakat prokuraturasining 13-iyul, payshanba kuni bergan ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Prokuratura ma’lumotlariga qaraganda, kema bortidan 823 ta paketda kokain moddasi topilgan. Paketlarning har biri 1 kilogramm og‘irlikka ega. Ularning aksariyatida braziliyalik mashhur futbolchi Neymarning “Barselona” jamoasi formasida tushgan surati aks etgan.
Suv osti kemasi ekipaji tarkibida Kolumbiyaning 3 nafar fuqarosi bo‘lgan va ular hibsga olingan. Musodara qilingan kokainning “qora bozor”dagi taxminiy qiymati 11,5 million AQSh dollariga teng, deya baholangan.
Izoh (0)