7-iyul, shanba kuni Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o’tkazildi, deya IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Tezkor tadbir natijasida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi Z.T.ning uyidan 1 kilogramm 834 gramm marixuana giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Izoh (0)