Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi yo‘llarda radarlar yordamida kuniga 100-150 ta huquqbuzarlik aniqlanmoqda. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Zarafshon”.
Mazkur maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi radar belgilangan tezlikdan yuqori harakatlangan avtoulovlarni qayd etadi. Shu vaqtning o‘zida yo‘l harakati qoidalari buzilgani bo‘yicha jarima solish to‘g‘risida, ma’muriy huququbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz, transport vositalarining egalariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar chiqarilib, foto tasvir ilova qilingan holda, yashash manzillariga yuboriladi.
Bundan ko‘zlangan maqsad viloyat hududida og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ularning sonini kamaytirish, haydovchilarning xushyorligini oshirish va yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanish xavfsizligini ta’minlash hamda innovatsion texnologiyalarni hayotga tatbiq etishdan iborat.
Izoh (0)