Prezident farmoniga asosan, Germaniya fuqarosi Karsten Xayns O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.
O‘zbekistonda zamonaviy innovatsion infratuzilmalarni shakllantirishda Germaniyaning boy tajribasini joriy etish maqsadida respublikaning GFRdagi elchixonasi tashabbusi bilan Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar federal vazirligi bilan qator muzokaralar olib borildi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Germaniya tomoni Innovatsiya vazirligi bilan ishlash uchun mutaxassis yuborishga rozilik bildirdi.
Vazir o‘rinbosari lavozimiga bevosita ushbu sohada faoliyat olib boruvchi tajribali mutaxassis tavsiya qilindi. Karsten Xayns Toshkentda bo‘lib, O‘zbekistonning vakolatli vazirliklarida uchrashuvlar o‘tkazgan.
Davlat xizmatchisining boshqa mamlakat hukumatida yuqori lavozimga tayinlanishi Germaniyada yangilik bo‘ldi.
Izoh (0)