Tailandning Pxuket oroli yaqinida halokatga uchragan “Feniks” kemasi qurbonlari soni 44 taga yetdi. Bu haqda 10-iyul, seshanba kuni Bangkok Post gazetasi bergan ma’lumotga tayanib tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Halokat oqibatida 3 kishi bedarak yo‘qolgan.
Pxuket provinsiyasi gubernatori Norrapat Plodtongning so‘zlariga qaraganda, 1 kishini kema bosib qolgan, uning jasadi hamon suv ostida qolmoqda. Hukumat 40 metr chuqurlikka cho‘kkan kemani yer sirtiga chiqarishni rejalashtirmoqda.
5-iyul, payshanba kuni bortida 100 dan ortiq kishi bo‘lgan 2 ta kema — “Feniks” va “Serenat” Pxuket yaqinida bo‘ronga duch kelib ag‘darilib ketgani xabar qilingan. “Serenat” bortida bo‘lgan 39 kishining barchasi qutqarib qolingan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Feniks”ning cho‘kishi oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi bedarak yo‘qolgan. Yo‘lovchilardan 54 nafari tirik qolishga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, 5 nafar xitoylik turist ekskursiyaga borishdan bosh tortgan edi.
Avvalroq, “Feniks”ning halokatga uchrashi oqibatida kamida 40 kishi vafot etgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)