Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga 150 ming rubl atrofidagi tibbiy sug‘urta hamda ma’lum bir miqdordagi puli bo‘lgan “Mir” kartalari beriladi, deb yozmoqda Sputnik.
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 9-iyul, dushanba kuni MDH Bank-moliya kengashi vakillari bilan uchrashuvda bu borada kelishuvga erishgan.
Dastur O‘zbekiston banklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Shuningdek, muhojirlar uchun ushbu dastur haqida ma’lumotlar beruvchi axborot markazlarini ochish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda 3 millionga yaqin kishi O‘zbekistondan tashqarida mehnat qilmoqda. Rossiyada mehnat patentini rasmiylashtirgan muhojirlarning 10 foizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etadi.
Izoh (0)